Rustam To‘laganovning navbatdagi jang sanasi ma’lum bo‘ldi

  • 21 iyun, 2020, 02:01
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

  Rio Olimpiadasi sovrindori, professional boksning birinchi og‘ir vazn toifasida (79 kg ) o‘z faoliyatini davom ettirayotgan hamyurtimiz Rustam To‘laganov (3-0,1KO) o‘zining navbatdagi jangini 15 avgust kuni Rossiyaning Sochi shahrida o‘tkazadi. Bu haqda sportchining o‘zi Instagram sahifasida xabar berdi. Shu bilan birgalikda rossiyalik sobiq jahon chempioni Murat Gassiev ham aynan shu kechada o‘zining super og‘ir vaznda uzoq kutilgan debyut jangini o‘kazishi kutilmoqda.

Tecno

  Rustam To‘laganov Rossiyaning “Patriot Boxing” promouterlik kompaniyasi bilan shartnoma imzolagan. U o‘zining so‘ngi jangida Norbert Dabrovskiyni  8 raund yakuniga ko‘ra, ochkolar hisobida mag‘lub etgan edi. Ushbu jangidan so‘ng To‘laganov WBA reytingida 15-o‘rinda qayd etilgan va hozirgacha ushbu pog‘onani saqlab kelmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!