Ryudiger: "Bu safar men g‘oliblar tomonidaman"

  • 22 fevral, 2023, 05:12
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real" Madrid "Liverpul"ni 5:2 hisobida mag‘lub qilganidan keyin klub himoyachisi Antonio Ryudiger o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Tecno

"Men hech qachon bunday kunni ko‘rmaganman. Hayriyatki, bu safar men g‘oliblar tomonidaman", - dedi germaniyalik himoyachi.

Ma’lumot uchun, "Real" o‘tgan mavsumda "Chelsi"ni chorak finalda umumiy 5:4 hisobida mag‘lub qilgandi. O‘shanda Ryudiger "aristokratlar" safida maydonga tushib, o‘z hisobiga bitta gol ham yozib qo‘ygan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!