Rüdiger: "Chempionlar ligasini yutishni istasangiz, "Manchester Siti" bilan o‘ynashingiz kerak"
Real Madrid" klubi himoyachisi Antonio Ryudiger Evropa Chempionlar ligasi 1/8 finalidan o‘rin olgan "Manchester Siti"ga qarshi javob o‘yini haqida fikr bildirdi. Jamoalarning dastlabki uchrashuvi madridliklarning 3:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
"Menda bunday o‘yinlar ko‘p bo‘lgan. "Real" bilan Chempionlar ligasida g‘olib chiqdim. Sen shunday o‘yinlar, shunday lahzalar uchun ishlaysan. Biz ko‘p yillar davomida Evropaning eng yaxshi jamoalaridan biri bo‘lgan "Siti" bilan ko‘p marta bahs olib bordik. Chempionlar ligasini olishni istasangiz, "Siti" bilan o‘ynashingiz kerak.
Menda kichik muammolar bo‘ldi, lekin bularning barchasi o‘tishda qoldi. Oxirgi bir necha bellashuvlarga qaraydigan bo‘lsak, yaxshi o‘ynayapman va o‘zimni juda yaxshi his qilyapman. Mavsumning ushbu bosqichida men yaxshi holatdaman. Oxirgi bir necha oy davomida qattiq ishladim", — dedi germaniyalik futbolchi.
Fikrlar