Rüdiger: "Manchester Siti"ga qarshi o‘yinni sabrsizlik bilan kutyapman"

  • 17.03.2026 12:19
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol

"Real Madrid" himoyachisi Antonio Ryudiger Chempionlar ligasi 1/8 final javob uchrashuvidan oldin oʻz fikrlari bilan oʻrtoqlashdi. Madriddliklar ilk bahsda "Manchester Siti" ustidan 3:0 hisobida gʻalaba qozongan.

"Men koʻplab oʻyinlarda ishtirok etdim va “Real” bilan Chempionlar ligasida gʻolib boʻldim. Aynan shunday pallalar uchun mehnat qilasiz. Biz “Manchester Siti”ga qarshi koʻp marta oʻynaganmiz. Bu Evropadagi eng kuchli jamoalardan biri, ularga qarshi oʻynash haqiqiy zavq bagʻishlaydi. Ushbu oʻyinni sabrsizlik bilan kutyapman", — dedi Ryudiger.

Shuningdek, u Erling Holandga qarshi statistikasi haqida ham fikr bildirdi.

"Men bunday statistika haqida oʻylamayman, bu men uchun katta ahamiyatga ega emas — bu shunchaki raqamlar. U umumiy guruh bosqichda meni magʻlub etgan (10 dekabr kuni Holand penaltiidan gʻalaba golini urgandi — 2:1). Holand kabi futbolchilar juda kuchli boʻladi va men eng yaxshilariga qarshi oʻynashni yoqtiraman. Jismoniy kurash menga juda maʼqul", — dedi himoyachi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!