
Ryudiger: "Oson o‘yin bo‘lgani yo‘q"
Germaniya "Evro-2024"ning nimchorak finalidan o‘rin olgan Daniyaga qarshi o‘yinda 2:0 hisobi bilan g‘alaba qozondi. Uchrashuvdan keyin Antonio Ryudiger o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Hammasi ajoyib. Tanqid qilish kerak bo‘lgan jihatimiz, biz ularga tezroq gol urib tashlamaganimizdadir. Juda ko‘p imkoniyat ko‘kka sovurildi. Oson o‘yin bo‘lgani yo‘q, lekin xarakter ko‘rsata olishadi. Ular qaytib olishdi va borlarini berishdi. Bizda yana 3 ta final bahsi bor va biz tayyormiz", - dedi "Real" himoyachisi.
Eslatib o‘tamiz, Ryudiger ushbu uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi, deb ham topildi. Nemislarning keyingi raqibi esa Ispaniya - Gruziya bellashuvida aniq bo‘ladi.
Fikrlar