Saa: "MYU Vinisiusni jalb qila oladi"

  • 10.02.2026 23:25
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

"Manchester Yunayted"ning sobiq hujumchisi Lui Saa mankunianliklar "Real" vingeri Vinisius Zhuniornı transfer qilish imkoniyatiga ega ekanini aytdi.

"Hozirgi o‘yini bilan "Manchester Yunayted"dan zo‘ri yo‘q. Ular istalgan mashhur futbolchini jalb qila oladi.

Vinisius, shubhasiz, Oltin to‘p uchun da’vogar. U yorqin o‘ynashni, Chempionlar ligasi uchun kurashishni istaydi. Shuningdek, u shaxsiy sovrinlarni yutishga intiladi.

Kim biladi, balki bu juda jozibali uyg‘unlikka aylanar. Kerrik qo‘l ostida haftadan haftaga ko‘rayotgan jamoamiz juda jozibali futbol namoyish etmoqda. Bu Vinisius Zhunior kabi futbolchi uchun yangi platforma bo‘lishi mumkin", — dedi Saa.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!