Sabina Sharipova bugun juftlik bahslarida kortga chiqadi

  • 5 noyabr, 2019, 07:20
  • 0
  • Tennis
CHERY AUTO
Tailandning Xua Xin shahrida Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan "Fyuchers" turkumiga kiruvchi musobaqada asosiy to‘r bahslari boshlandi.
 
Sovrin jamg‘armasi 25 ming AQSh dollarni tashkil etuvchi ushbu musobaqada mamlakatimiz sharafini Sabina Sharipova yakkalik va juftlik bahslarida himoya qilmoqda.
 
Qur’a natijasiga ko‘ra mamlakatimizning birinchi raqamli tennischichi juftlik bahslarida mezbonlar vakili Nudnida Luangnam bilan ishtirok etmoqda.
 
Ular bugun juftlik bahslarida ilk uchrashuvlarini tailandlik Chomputxip Yundakate va Nattxapat Pivbangrukka qarshi o‘tkazadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!