
Sadriddin Abdullaev futbolchilik faoliyatini yakunladi va murabbiy sifatida ish boshladi
O‘zbek futbolidagi tajribali yarim himoyachilardan biri Sadriddin Abdullaev futbolchilik faoliyatini yakunladi. Bu haqda "Lokomotiv" klubi matbuot xizmati xabar bermoqda.
"Mohir yarim himoyachi butsalarini mixga ilishga qaror qildi. O‘tgan mavsumni "temiryo‘lchilar" safida o‘tkazgan Sadriddin Abdullaev futbolchilik faoliyatiga yakun yasadi. "Lokomotiv" PFK rahbariyati maslahatiga ko‘ra, u klub tizimida qolishni ma’qul deb bildi. Abdullaev murabbiy sifatida o‘z faoliyatini boshlaydi.
Klub rahbariyati Sadriddin Abdullaevni "Lokomotiv" U18 jamoasi bosh murabbiyi etib tayinladi. Endilikda "Loko"ning 18 yoshgacha futbolchilarini Abdullaev boshqaradi va buning uchun tegishli litsenziyaga ega",-deyiladi klub matbuot xizmati bergan xabarda.
Fikrlar