
Safar qimmatga tushdi: “Real”da yana yo‘qotish
“Real” bosh murabbiyi Karlo Anchelotti tarkibda jarohat olganlar va Evropa chempionatidan keyin dam olishga ehtiyoji borlar ko‘pligi uchun AQShdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlariga yosh futbolchilarni ham jalb qilgandi.
Ana shunday o‘yinchilardan biri Sesar Palasiosga AQSh safari qimmatga tushdi. 19 yoshli futbolchi “Milan” bilan bo‘lgan o‘rtoqlik uchrashuvida ikkinchi bo‘limda maydonga tushgan edi. Oradan olti daqiqa o‘tib, maydonni tark etdi. Raqib himoyachisi Malik Tshauning qo‘polligi Palasiosni o‘yinni tark etishi bilan yakunlandi.
O‘yindan keyin o‘tkazilgan tibbiy ko‘rik Sesar Palasion jiddiy shikastlanganini ko‘rsatdi. Uning tizza bo‘g‘imi jarohatlangan. Endi olti daqiqa o‘ynagan futbolchi bir necha oy davomida davolanishga majbur bo‘ladi.
Sesar Palasios “Real” yoshlar jamoasining haqiqiy etakchisi sifatida to‘p tepib kelayotgan edi. Murabbiylar uni mehnatsevar va kuchli xarakterga ega lider ekanini ta’kidlamoqda
Fikrlar