Salax "Liverpul"da rekord o‘rnatdi

  • 5 fevral, 2018, 09:15
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Liverpul” klubi forvardi Muhammad Salax APLning 26-turida “Tottenxem”ga (2:2) qarshi bahsda hisobni ochdi.

Tecno

E’tiborlisi, ushbu gol 27 yoshli misrlik futbolchi uchun joriy mavsum premer-ligadagi 20-goli bo‘ldi. Unga buning uchun bor yo‘g‘i 25ta uchrashuv kifoya qildi. Bu esa “Liverpul” tarixidagi eng yaxshi ko‘rsatgich hisoblanadi.

Ta’kidlash lozimki, Fernando Torres va Daniel Starrij kabi hujumchilarga o‘z vaqtida ushbu ko‘rsatgichni qayd etishlari uchun 27tadan bahs kerak bo‘lgan. Maykl Ouen esa 20ta gol urish uchun naqd 39ta bahsda ishtirok etgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!