Saloh Britaniyadagi sakkizinchi eng sahovatpesha odam deb topildi
“Liverpul” hujumchisi Muhammad Saloh Gizadagi cherkovni qayta qurish uchun uch million funt sterling xayriya qildi, deb xabar beradi “The National”.
14 avgust, yakshanba kuni Misrning Giza shahridagi cherkovda yong‘in sodir bo‘ldi. 40 dan ortiq kishi halok bo‘ldi, o‘nlab odamlar yaralandi. Oqibatda yuz bergan tiqilinchda ko‘plab odamlar jarohatlangan.
"Liverpul" hujumchisi bu hodisaga katta summa xayriya qilganini misrlik sport muxbiri Ibrohim Abdel Gavad tasdiqladi va Salohga ijtimoiy tarmoqlarda minnatdorchilik bildirdi.
Britaniyaning “The Sunday Times” gazetasi hujumchini Buyuk Britaniyadagi sakkizinchi eng sahovatli odam deb tan oldi.
Eslatib o‘tamiz, futbolchi 2019 yilda teraktdan keyin Misr Milliy saraton institutiga 3 million dollar, shuningdek, Misrdagi bolalar saraton kasalxonasiga 12 million funt sterling qiymatidagi asbob-uskunalar sovg‘a qilgan
Fikrlar