
Saloh «Liverpul» afsonasining natijasini takrorladi
Evropa chempionlar ligasi yangi mavsum ilk bahsida «Liverpul» o‘z maydonida «Milan»ni 3:2 hisobida mag‘lub etdi.
Saloh o‘yinda gollardan biriga mualliflik qildi. Misrlik uchun bu «Enfild»da Evropa yashil maydonlarida urilgan 14-gol hisoblanadi.
Goal.com xabariga ko‘ra, «Liverpul»ning 29 yoshli hujumchisi bu borada Stiven Jerrardning natijasini takrorlashga muvaffaq bo‘lgan.
Ma’lumot uchun, Saloh joriy mavsum barcha turnirlar doirasida 4 ta gol va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar