Saloh o‘ch olmaslikka qaror qildi

  • 31 mart, 2021, 08:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Evropa Chempionlar ligasining chorak finalida “Liverpul” futbolchilari “Real” bilan kuch sinashadi. Ushbu uchrashuv oldidan jurnalistlar liverpulliklarning asosiy hujumchisi Muhammad Salohdan raqib himoyachisi Serxio Ramosdan o‘ch olish istagi haqida so‘radi.

Eslatib o‘tamiz, 2017-2018 yilgi mavsumda Chempionlar ligasining Kievda o‘tkazilgan final bahsida Serxio Ramos qo‘pollik ishlatib, “Liverpul”ning asosiy quroli hisoblangan Muhammad Salohga og‘ir jarohat etkazgan edi. Natijada g‘alaba madridliklarga nasib qilgan.

- Bo‘lajak o‘yin oldidan mening eng katta istagim g‘alaba qozonish va yarim finalga chiqish. Hozir nima bo‘lishidan qat’i nazar, Kievdagi uchrashuv natijasini o‘zgartirib bo‘lmaydi. Hammasi ortda qoldi. Ramos masalasida ham xuddi shunday. O‘yin tugaganiga ancha bo‘lgan va men bu haqida o‘ylamayman. Hozir o‘z jamoam haqida bosh qotirishim kerak, - dedi Muhammad Saloh.

Chempionlar ligasining chorak final birinchi uchrashuvi 6 aprel kuni Madridda o‘tkaziladi. “Liverpul”ning “Real”ga qarshi javob o‘yini 14 aprelga belgilangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!