
Saloh: "Real"dan qasos olish vaqti keldi"
"Liverpul" futbolchisi Muhammad Saloh "Vilyarreal"ga qarshi o‘yindan so‘ng jamoasining finaldagi raqibi haqida gapirib o‘tdi.
"Men "Real"ga qarshi o‘ynashni xohlayman. Ular bizni finalda mag‘lub etgandi. Keling, yana bir bor kuch sinashib ko‘ramiz. Menimcha, qasos oladigan vaqt keldi.
So‘nggi 5 yil ichida 3 marta EChL finaliga chiqdik. Bu qoyilmaqom natija. Bugun biz buni nishonlaymiz. Biroq ertaga yana e’tiborimizni oldinda kutib turgan muhim o‘yinga qaratamiz.
Jamoa uchun borimni berishga tayyorman. Klub allaqachon bitta sovrinni qo‘lga kiritdi. Oldinda Angliya kubogi finali, chempionlar ligasi finali va APLdagi katta ahamiyatga ega bellashuvlar kutmoqda.
Men barcha musobaqalarda zafar quchishni istayman. Har doim APLda ham, EChLda ham g‘olib bo‘lishni maqsad qilganman. Bu safar maqsadimga juda yaqin keldim" - dedi misrlik futbolchi.
Fikrlar