Saloh: "Ronalduning o‘z ustida ishlashi, shunchaki aqlga sig‘mas darajada"

  • 15 noyabr, 2024, 20:09
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Liverpul” etakchisi Muhammad Saloh uni hayratda qoldirgan futbolchilarni aytdi.

“Menga Ronaldo (R9), Zidan va Tottining o‘yinlari yoqar edi. Har doim ularning maydondagi harakatlarini ko‘rib, rohatlanar edim. Men Evropaga kelganimda Krishtianu Ronalduning o‘yinini ko‘p kuzatar edim. U hamma narsani futbolga bag‘ishladi. Uning o‘z ustida ishlashi, shunchaki aqlga sig‘mas darajada. Bu mehnatning natijasini uning statistikasida ko‘rishingiz mumkin.

“Roma”da 2 yil Totti bilan o‘ynadim. Bu ajoyib vaqtlar edi. Uning texnikasi aqlbovar qilmas darajada. U juda yaxshi inson”- dedi misrlik hujumchi “Liverpul”ning You Tube kanalida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!