Saloh Torresni ortda qoldirdi va "Liverpul" tarixiga kirdi
“Liverpul” forvardi Muhammad Saloh kecha APLning 18-tur qoldirilgan bahsida “Vest Xem” darvozasini ishg‘ol qilishga erishdi.
Squawka nashri tarqatgan xabarga ko‘ra misrlik hujumchi shu tariqa gollari sonini 66 taga etkazib oldi va mersisaydliklar tarixida premer-ligada eng ko‘p gol urgan futbolchilar kuchli beshligiga kirib oldi. U bu borada afsonaviy Fernando Torresdan (65) o‘zib ketdi.
Ta’kidlash kerakki, "Liverpul" safida APLda eng ko‘p gol urgan futbolchilar bular Robbi Fauler (128), Stiven Jerrard (120), Maykl Ouen (118) va Luis Suares (69) hisoblanadi.
Fikrlar