Saloh va de Bryuyne Saudiyaga qachon olib kelinishi ma’lum bo‘ldi

  • 26.05.2024 15:12
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Saudiya Arabistoni klublari Evropaning eng yorqin yulduzlarini jalb etish uchun moliyaviy imkoniyatlaridan keng foydalanib kelmoqda.

Shayxlarga qarashli klublar anchadan beri Angliya Premer-ligasi yulduzlari – “Liverpul” to‘purari Muhammad Saloh va “Manchester Siti” pleymeykeri Kevin de Bryuyneni transfer qilishni ko‘zlayapti.

The Telegraph nashrining yozishicha, saudiyaliklar bu futbolchilar transferi bo‘yicha strategiya o‘ylab chiqdi. Ular har ikki o‘yinchini 2025 yilning yanvarida qo‘lga kiritishga harakat qiladi.

Har ikki yulduzning o‘z klublari bilan shartnomasi kelasi mavsum oxirida nihoyasiga etadi. Agar ular tez orada bitimni yangilamasa, saudiyaliklar kelasi qishda muzokaraga kirishib, Saloh va de Bryuyneni badal pulisiz o‘z safiga qo‘shib olishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!