Saloҳ yangi klub bilan muzokara boshladi
Saudiya Arabistoni Professional ligasi klublari “Liverpul” toʻpurari Muhammad Saloh transferi boʻyicha harakatlarni qayta faollashtirdi.
TEAMtalk nashri maʼlumotiga koʻra, Saudiya Arabistoni chempionati rasmiylari 33 yoshli futbolchining vakili bilan qayta aloqaga chiqdi, u bu yozda erkin agent sifatida klubdan ketish niyatini eʼlon qilgan edi.
Muhammad Salohga karerasini davom ettirish uchun klubni oʻzi tanlash imkoniyati taklif qilingan. Eng asosiy nomzod — “Al-Ittihod”.
Shu bilan birga MLS va Yevropaning bir necha klublari misrlik futbolchiga jiddiy qiziqish bildiryapti.
Transferlar boʻyicha ekspertlarning taʼkidlashicha, 33 yoshli Saloh Yevropada qolish variantini tanlashi mumkin. U hali yana bir necha mavsum yuqori saviyada oʻynay oladi.
Fikrlar