Salohning “B” rejasi ma’lum

  • 1 iyun, 2022, 15:49
  • Javokhir Azimov
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

"Liverpul" hujumchisi Muhammad Saloh Angliya chempionatining boshqa klubiga o‘tishga tayyor.

Tecno

"The Athletic" nashri xabariga ko‘ra, 29 yoshli misrlik futbolchi mersisaydliklar rahbariyati bilan yangi shartnoma bo‘yicha kelisha olmadi. Shu sababli 2023 yilning yozida hujumchi erkin agentga aylanib, APLning boshqa jamoasiga o‘tishni istamoqda. Saloh Premer-ligada o‘zini juda qulay his qiladi, shuning uchun u "Tumanli Albion"da qolishni istamoqda.

Eslatib o‘tamiz, joriy mavsumda Muhammad Saloh Angliya chempionatida 35 ta o‘yin o‘tkazib, 23 gol va 13 ta golli uzatma muallifiga aylangan.

"Transfermarkt" portali futbolchining narxini 100 million evroga baholagan. Avvalroq misrlik forvard faoliyatini Ispaniya La Ligasida davom ettirishi haqida mish-mishlar tarqalgan edi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
tolibxon
01/06/2022 16:59
Oozgina oylik kam bolsa olib qolmaysan chichqoq
&
tolibxon
01/06/2022 16:59
Saloh qol yaxshisi