Saloҳning “Real” yoki PSJga o‘tish imkoniyati qanday?
Mavsum oxirida “Liverpul”ni tark etadigan hujumchi Muhammad Saloҳ AQSh va Saudiya Arabistoni klublari taklifini qabul qilishga shoshilmayapti va Evropada qolish variantini ko‘rib chiqmoqda.
Bu haqida Football Insider xabar berdi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, Evropada unga mos maoshni ta’minlay oladigan klublar soni ko‘p emas. Biroq “Real”, “Pari Sen-Jermen” va “Bavariya” kabi moliyaviy baquvvat klublar buni uddalay oladi.
Bundan tashqari, ushbu jamoalar kelayotgan yozda misrlik vingerni bepulga qo‘shib olish imkoniyatini ham ko‘rib chiqmoqda. Ammo ular vaziyatga qarab ish tutmoqchi va 33 futbolchini olish uchun ortiqcha harakat va xarajat qilmoqchi emas.
Fikrlar