Samarqandda MMA bo‘yicha kichik o‘smir va yoshlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati start oldi

  • 1 iyun, 2024, 18:28
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

31 may kuni Samarqand shahrida MMA bo‘yicha kichik o‘smir va yoshlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati start oldi. 

Tecno

U 12-13, U 14-15, U 16-17 yosh toifasida o‘tkazilayotgan mamlakat birinchiligi juda qiziqarli tarzda kechmoqda. Hozirga kelib bir vazn toifalarida g‘olib va sovrindorlar aniqlandi.

Mazkur musobaqani kuzata turib, yurtimizda havaskor MMA ham jadal sur’atlarda rivojlanib borayotganligi va raqobat jiddiy tarzda kechayotganligiga amin bo‘lishingiz mumkin. Bunga misol qilib, jahon chempionati sovrindorlarni va Osiyoda tengsiz deya topilganlar birinchi davradayoq turnirni tark etganligini aytib o‘tish mumkin. Umumjamoa hisobida ham g‘oliblik uchun jiddiy kurash kechmoqda.

Tez orada g‘olib va sovrindorlarni ham e’tiboringizga havola etamiz. Voqealar rivojini bizda kuzatib boring!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!