Samvel Babayan: "G‘alabani viloyat hokimiga bag‘ishlaymiz"

  • 03.08.2022 00:06
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Nasaf” – “Navbahor” (0:1) o‘rtasidagi o‘yindan keyin namanganliklar bosh murabbiyi Samvel Babayan matbuot anjumanida qatnashdi.

- O‘yindan oldin aytganimdek, bu uchrashuv hech kimni bee’tibor qoldirmaydi. Oxirgi paytlarda “Nasaf” va “Navbahor” o‘rtasidagi uchrashuvda juda qiziqarli va jangovar kechmoqda. Shuning uchun ham gollarga boy, qizg‘in tarzdagi o‘yinlar bo‘lyapti. Bugun o‘zimiz uchun muhim bo‘lgan g‘alabaga erishganimizdan juda xursandmiz. Bugungi g‘alabani “Navbahor”ga jon kuydirayotgan hamda qulay sharoit, imkoniyatlar yaratib berayotgan viloyat hokimiga bag‘ishlaymiz. Shavkat Shakirjanovich nafaqat “Navbahor” klubining rivojiga balki, Namangan futbolining rivojiga katta kuch sarflayapti.

Bevosita uchrashuvga kelsak, birinchi davrada Namangandagi ochilish uchrashuvida o‘yinni 55 foizga nazorat qilgan bo‘lsak, (bu vaziyatda men to‘pni emas, o‘yinni nazorat qilishni nazarda tutyapman) bugungi uchrashuvda esa boshidan oxirigacha o‘yinni to‘liq nazoratimiz ostida ushlab turdik. O‘yindagi intriga ertaroq yakunlanishi kerak edi. Lekin oxirigacha saqlanib turdi. Shunga qaramay, raqibni ham e’tirof etib o‘tmasam bo‘lmaydi. Bu juda yaxshi va sifatli jamoa.

Chempionatning qolgan qismiga keladigan bo‘lsak, bu yog‘iga bizni juda qiziqarli o‘yinlar kutib turibdi. Yana 12 ta o‘yin bor. Fikrimcha, qolgan barcha uchrashuvlar mana shunday jangovar, keskin kurashlarga boy kechadi. Ishqibozlar bu yil ajoyib chempionatga guvoh bo‘lishyapti. Chempionat avvalida oldimizga qo‘yilgan maqsadlarga erishish uchun biz o‘z tarafamizdan qattiq harakat qilamiz. Ya’ni, “Navbahor”ning avvalgi mavqeini tiklashga harakat qilamiz. Bugungi kungacha oldimizga qo‘yilgan maqsadlarning ma’lum qismini bajarib bo‘ldik. Marketing tomonidan olib borayotgan izlanishlar natijasida “Navbahor ishqibozlar orasida eng esda qoladigan va eng tomoshabop jamoalardan biri bo‘lib turibdi. Shunday ekan, biz asosiy vazifani deyarli bajardik. Bundan buyog‘iga ham ishqibozlarimizni xursand qilish uchun bor kuchimizni sarflaymiz. Katta ishonch bilan ayta olamanki, bizni yana 1-o‘ringa qaytganimiz muxlislarimizni quvontirdi.

- Nima deb o‘ylaysiz, “Nasaf”ga bugun nima etishmadi?

- Nima desam ekan? Men baho bera olmayman. Chunki o‘z jamoamni kuzatdim. Chempionatda yaxshi o‘ynab kelyapti, barqaror jamoa. Bunday barqarorlikka erishish uchun birinchi navbatda kadrlar masalasiga bog‘liq. Tarkibdagi o‘yinchilar jamoaning o‘zagi hisoblanadi. Bundan tashqari, murabbiyga o‘zini ko‘rsatish uchun uzoq yillar mobaynida imkoniyat berishdi. Shu sabab jamoaning natijalari ham shunga mos.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!