Samvel Babayan: "O'yindan va g'alabaga bo'lgan ishtiyoqdan mamnunman"

  • 21.01.2026 10:49
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol

“Andijon”ning “Vardar”ga (1:1) qarshi o‘tkazilgan o‘rtoqlik uchrashuvidan keyin "Andijon" ustozi Samvel Babayan klub matbuot xizmatiga quyidagicha fikr bildirdi:

“Yangi mavsumga tayyorgarlik jarayonining birinchi bosqichidagi uchinchi nazorat o‘yinimizni o‘tkazdik. Umuman olganda, jamoa yaxshi saviyada o‘yin ko‘rsatdi. Ayrim epizodlarda biz talab qilayotgan jamoaviy o‘yin yaqqol ko‘rinib turdi. Birinchi bo‘limda hujumda hamma narsa ham o‘xshamadi, ammo himoyada oldinga siljish kuzatildi. 

Ikkinchi bo‘limda boshqa tarkib o‘ynadi va biz bu uchrashuvda barcha o‘ynash imkoniyatini berdik. Ikkinchi bo‘limda hujumda ko‘proq harakat qildik, kreativlik kuzatildi, ko‘plab gol urish uchun imkoniyatlarni yaratdik va to‘pni yaxshi nazorat qildik.

Umuman olganda, men o‘yin va g‘alabaga bo‘lgan ishtiqoqdan mamnunman. Mashg‘ulotlar davomida yo‘l qo‘yilgan xatolarni tahlil qilamiz va tuzatamiz”, - deydi Samvel Vyacheslavovich.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!