Samvel Babayan: "Yigitlarning oʻyinidan harqalay koʻnglim toʻldi"
“Andijon” jamoasining ilk oʻrtoqlik uchrashuvidan keyin klub matbuot xizmati bosh murabbiy Samvel Babayanning bellashuv borasidagi fikrlari bilan qiziqdi.
“Ayni paytda xorijdagi tayyorgarlik jarayonining birinchi bosqichini oʻtkazyapmiz. Jismoniy holatni tiklash boʻyicha katta ishlar amalga oshiryapmiz. Bu oʻyin jismoniy tarafdan tiklanish jarayoni qanday ketayotganini koʻrsatib berdi. Albatta, yigitlar katta jismoniy yuklama olgan holda maydonga tushishdi.
Hamma futbolchilar pozitsiyasidagi funksional vazifalarini bajarishdi Oʻyin tonusini qanday shakllantirayotganimizni koʻrib oldik. Sifat boʻyicha ayta olmaymanu, ammo yigitlarning oʻyinidan harqalay koʻnglim toʻldi.
Bu birinchi oʻyin va unda u qadar emotsiya boʻlgani yoʻq. Ijobiy holat shundaki, biz gʻalaba qoʻzondik. Barchaga oʻynash uchun imkoniyat yaratib berdik. 5 nafar futbolchimiz alohida dastur boʻyicha shugʻullanishyapti va bu uchrashuvda maydonga tushishmadi. Oʻylaymanki, keyingi uchrashuvlarda maydonga tushishadi. Tayyorgarlik jarayoni tuzib chiqilgan dastur boʻyicha davom etyapti. Xudo xohlasa, hammasi yaxshi boʻladi”, - dedi Samvel Vyacheslavovich.
Fikrlar