Sancho MYuga o‘tishga yaqin turibdi
"Manchester Yunayted" klubi "Borussiya" Dortmundning hujumkor yarim himoyachisi Jeydon Sanchoning transferi masalasida muzokaralarni davom ettirmoqda.
Jurnalist Kristian Falkning ma’lum qilishicha, klublar o‘rtasidagi muzokaralar yakuniy bosqichga o‘tgan.
Jurnalist Fabritsio Romanoning xabariga ko‘ra esa MYu Sancho uchun nemis grandiga 85 million evro va qo‘shimcha bonuslar taklif qilgan. Shaxsiy sharoitlar, shartnoma va agentlik to‘lovlari allaqachon kelishilgan.
Jeydon Sancho o‘tgan mavsum “Borussiya” safida jami 38 ta o‘yin o‘tkazdi va o‘z hisobiga 16 ta gol hamda 18 ta assist yozdirib qo‘ydi.

Fikrlar