Sanega Evropa grandlari qiziqib qoldi

  • 23.04.2019 09:05
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Manchester Siti" vingeri Leroy Sane Evropaning grand klublari e’tiboriga tushdi.

Todomercadoweb nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 23 yoshli germaniyalik futbolchiga "Bavariya", PSJ va "Yuventus" kabi jamoalardan jiddiy qiziqishlar mavjud. Ta’kidlash kerakki, uning transfer narxi 120 mln evroga baholanmoqda.

Ma’lumot uchun, Sane “Manchester Siti” safida 2016 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U joriy mavsum jami 43ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 15ta gol hamda 18ta assist yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning “shaharliklar” bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!