Sanjar Asqaraliev: Bu o‘yinda barchamiz qahramon bo‘ldik
Birinchi liga 33-turidan o‘rin olgan "Xotira-79" - "Istiqlol" uchrashuvida ikki gol urib jamoasiga g‘alaba tortiq qilgan Sanjar Asqaraliev klub matbuot xizmatiga inervyu berdi.
- Xotira-79 jamoasi mavsum yakunida barcha kuchini ishga solmoqda. Shu sababli xam bugungi baxs o‘ta qiyin bo‘ldi. Bugun xam mezbonlar «Istiqlol» uchun noqulay jamoa ekanligini isbotlab qo‘ydi. Ikki golni men urganim bilan, bugun barchani o‘yin qahramonlari deb xisoblayman.
Oldimizda faqat «Lokomotiv-BFK» bilan kechadigan xaqiqiy jang kutmoqda, biz bu o‘yinga jiddiy tayyorgarlik ko‘ramiz. Uch o‘yin va uch g‘alaba oliy liga uchun etarli.

Fikrlar