
Sanjar Qodirqulov: "Paxtakor"ga yutqazganimiz bilan hayot to‘xtab qolmasligini tushungan holda "Lokomotiv"ga qarshi jiddiy tayyorlangandik
“Bunyodkor” klubi Coca-Cola Superligasining 6-tur doirasida o‘z maydonida “Lokomotiv”ni qabul qilib 2:0 hisobidagi ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Jamoasining g‘alabasiga munosib hissasini qo‘shgan yarim himoyachi Sanjar Qodirqulov esa Sports.uz uchun o‘yin haqidagi taassurotlarini bildirdi.
- “Paxtakor”ga qarshi o‘yindagi mag‘lubiyatdan so‘ng ushbu yutuq bizga juda ham zarur edi. Qolaversa, muxlislarimiz oldida biroz bo‘lsa-da, yuzimiz yorug‘ bo‘lishi uchun ham yutmasak bo‘lmasdi.
Bilasizmi, “Paxtakor” bilan bellashuvdan keyingi kunlar biz uchun juda og‘ir kechdi. Chunki o‘sha mag‘lubiyatni unutish qiyin bo‘ldi. Lekin o‘sha mag‘lubiyat bilan hayot to‘xtab qolmasligini tushungan holda “Lokomotiv”ga yaxshilab tayyorlandik. Raqibning kuchli tomonlarini o‘rgandik. Ushbu o‘yinga bo‘lgan taktika esa o‘z so‘zini aytdi deb o‘ylayman. Bizning maqsadimiz har bir uchrashuvda g‘alaba uchun o‘ynash, - dedi Qodirqulov.
Fikrlar