
Sanjar Shoahmedov boshqa klubga o‘tdi
“Metallurg”ning o‘rniga Superligada ishtirok etish imkoniyatini qo‘lga kiritgan “Xorazm” jamoasi imkon qadar tarkibini kuchaytirish harakatida yuribdi.
Selektsiya ishlari davomida klub Sanjar Shoahmedov bilan shartnoma imzolaganligi ma’lum bo‘ldi.
O‘tgan yili “Dinamo” sharafini himoya qilgan 35 yoshli yarim himoyachi bu mavsumda urganchliklar tarkibida to‘p suradi. Bu haqida klub matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Futbolchi shu kunga qadar OKMK, “Lokomotiv”, “Al-Sayliya (Qatar), “Terenganu” (Malayziya), “Qizilqum”, “So‘g‘diyona” va “Dinamo”da o‘ynagan.
Sanjar faoliyati mobaynida hammasi bo‘lib, 348 ta uchrashuvda maydonga tushgan. Uning hisobida 61 ta gol va 24 ta golli pas mavjud.
O‘tgan yili “Dinamo”da 26 ta bahsda ishtirok etib, 1 ta gol urdi va 3 ta golli pasni amalga oshirdi.
Fikrlar