Sanjar sovrinni yurtimizda olib qoldi
Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan Qarshi shahrida o‘tkazilayotgan "Fyuchers" turniri o‘zbekistonlik raketka ustasi Sanjar Fayziev g‘alabasi bilan yakunlandi.
Yakkaliklar o‘rtasidagi final uchrashuvida turnirning eng kuchli ikki tennischisi - Sanjar Fayziev va belaruslik Egor Gerasimov o‘zaro raqobatlashdi.
Sanjar bir turnirda ikkinchi sovrinni qo‘lga kirita oladimi?
Hal qiluvchi bellashuv shiddatli kurashlar ostida o‘tdi. Har ikki tennischi bor mahoratini ishga soldi. Natija ham o‘yinga yarasha bo‘ldi va Sanjar 7:6, 5:7, 7:6 hisobida zafar quchdi.
Shu tariqa Sanzar Fayziev joriy mavsumda yakkaliklar o‘rtasidagi ilk sovrinini qo‘lga kiritdi.
SPORTS.uz

Fikrlar