
Sanjar Tursunov - Ivan Yuxta janggi g‘olibi hakamlar qaroriga ko‘ra aniqlandi
Xabaringiz bor, "Humo Arena" sport majmuasida professional boks kechasi bo‘lib o‘tmoqda. Unda 8 nafar hamyurtimiz o‘z janglarini o‘tkazyapti.
Navbatdagi jangda Sanjar Tursunov ukrainalik raqibini sinovdan o‘tkazdi. Tursunov - Ivan Yuxta to‘qnashuvi to‘liq davom etdi. Yakunda, hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra, qizil burchakdagi vakilimiz g‘olib deb topildi.
Shunday qilib, Sanjar professional boksdagi ketma-ket beshinchi jangida g‘alaba qozondi.
Fikrlar