
Sanjar Tursunov: AGMK "Al-Garafa"dan qo‘rqmaydi, lekin...
OChL pley-off doirasidagi "Al-Garafa" - AGMK uchrashuvi oldidan matbuot anjumani tashkil etildi va unda AGMK yarim himoyachisi Sanjar Tursunov ishtirok etdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar tarqatdi.
"Ertaga bizni qiyin o‘yin kutib turganini bilaman. "Al-Garafa" chempionatda qoniqarli o‘ynay olmayotgan bo‘lsada, OChL butkul boshqa musobaqa va bunga chalg‘imaslik lozim.
Hammasi bitta o‘yinga bog‘liq. Har qanday jamoa bir o‘yinga boshqacha kayfiyatdagi munosabat bilan tushishi mumkin. Shuni aytishim mumkinki, AGMK "Al-Garafa"dan qo‘rqmaydi, lekin raqibni hurmat qiladi.
Ertaga g‘alaba qozonib, Olmaliqqa bayram taqdim etish va O‘zbekiston klublarining xalqaro maydondagi mavqeini ko‘tarish uchun borimizni berib harakat qilamiz".
Shu payt jamoa bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov gapga qo‘shimcha qilib, men jamoamga va Sanjar Tursunovni ko‘rsatib, futbolchilarga ishonaman, deya dadil gapirdi", - dedi Tursunov.
Fikrlar