Santi Kasorla: "Xavi allaqachon "Barselona"ni boshqarishga tayyor!"

  • 26 fevral, 2021, 18:20
  • Abdullajon .
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Qatarning "Al-Sadd" klubi sharafini himoya qiluvchi ispaniyalik mashhur futbolchi Santi Kasorla Xavi haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Xavi ancha yaxshi murabbiy. U allaqachon "Barselona"ni boshqarishga tayyor. Sababi, u klubi atrofidagi va ichidagi deyarli hech kimga ma’lum bo‘lmagan narsalarni ham biladi. To‘g‘ri, psixologik jihatdan ancha og‘ir bo‘ladi, lekin o‘ylaymanki, Xavi buni eplab ketadi. "Barselona" katta va talabchan klub. Bu erda har bir xatoyingiz siz uchun qimmatga tushibgina qolmay, muxlislarda siz haqingizda yomon taassurot qolishiga ham sabab bo‘ladi. Shu sabab, bu erda xato qilish noto‘g‘ri. Ammo, Xavining buni eplab ketishiga shaxsan ishonaman".

Eslatib o‘tamiz, Xavi 2019 yildan beri "Al-Sadd"ni boshqarib kelmoqda. Futbolchi sifatida u 1998-2015 yillar oralig‘ida kataloniyaliklar sharafini himoya qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!