Sardor Azimovga bir qator klublar qiziqmoqda
“Qo‘qon-1912” klubi rejaga binoan yozgi tayyorgarligini davom ettiryapti. Tarkibda ham ayrim o‘zgarishlar yuz berayotganidan xabarangiz bo‘lsa kerak.
Qolaversa, yana bir qator futbolchilarga qiziqishlar ham mavjud. Ma’lumotlarga qaraganda, 27 yoshli iqtidorli yarim himoyachi Sardor Azimovning oldida Superligadan takliflar bor.
Shu bois futbolchi ikkinchi davrani boshqa klub safida o‘tkazishi ham ehtimoldan holi emas. Azimov birinchi davrada qo‘qonliklar safida Superliganing 10 ta uchrashuvida maydonga tushdi. Demak, voqealar rivojini kuzatishda davom etamiz.
Fikrlar