
Sariq kartochkalar evaziga navbatdagi turda maydonga tushmaydigan futbolchilar
O‘zPFL Sport boshqarmasi mutaxassislari chempionat va birinchiliklarimizda to‘p suruvchi futbolchilarning yig‘ilib qolgan sariq kartochkalar tufayli navbatdagi tur o‘yinlarini o‘tkazib yuboruvchi futbolchilar ro‘yxatini e’lon qildi. Unga ko‘ra:
Yoshlar ligasi
Mirjalol Jumaev va Xurshid Olimov (ikkalasi ham “Buxoro”dan) 13-turda “Nasaf”ga qarshi uchrashuvda tarkibga kiritilmaydi.
Pro-liga
Olim Karimov (“Sho‘rtan”) 9-turda “Mash’al”ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuboradi.
Futzal
Hakim Abdurashidov (“Navbahor”) 9-turda “Buxoro”ga qarshi o‘yinda maydonga tushirilmaydi.
Timur Sadirov (“Paxtakor”) 9-turda “Bunyodkor”ga qarshi o‘yinni muxlislar orasidan kuzatishga majbur.
Fikrlar