
Sarri: "Mourinoga doim yaxshi sharoit yaratib berilgan"
"Latsio" bosh murabbiyi hamshahar jamoadagi hamkasbi Joze Mourino haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Menga uning xarakteri yoqadi. Ammo futbol borasida gapiradigan bo‘lsam, u mendan omadliroq, xolos.
Boshlagan nuqtalarimizga e’tibor qarating. U "Barselona"da yordamchi murabbiy sifatida ishga kirishgan. Men esa Italiya 8-divizioni vakili "Stie"da boshlaganman. U ishlagan jamoalar ancha saviyali bo‘lgan.
Havaskorlar, kuchli deb hisoblanmaydigan yigitlar bilan ishlab o‘rganganman. Doim echim qidirishim kerak edi. Sababi, biz g‘alaba uchun bir talay muammolarni bartaraf etishimiz kerak edi.
Qaytarib aytaman, "Barselona" va "Stie" orasida er bilan osmoncha farq bor. Mourinoga doim yaxshi sharoit yaratib berilgan. Shuning o‘zi solishtiruvlarga barham bera oladi", - dedi italiyalik mutaxassis.
Fikrlar