Sarri qishda "Chelsi"ga Italiyadan 2ta himoyachi olib kelmoqchi

  • 09.09.2018 21:20
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Italiyaning “Milan” klubi himoyachilari Alessio Romanoli va Mattia Kaldara “Chelsi”ning qiziqishlar doirasiga kirib qoldi.

Calciomercato nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “aristokratlar” bosh murabbiyi Mauritsio Sarri qishki transferlar davrida jamoaning himoya chizig‘ini kuchaytirmoqchi va buning uchun Romanoli hamda Kaldaralarni sotib olishni rejalashtirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, “Chelsi” yozda “Yuventus” himoyachisi Daniele Ruganini sotib olishga urunib ko‘rishgan edi. Biroq, turinliklar bunga rad javobini berishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!