Saudiya chempionati rahbari Mugarbel: "Vinisiusni xohlagan jamoamiz sotib olishi mumkin"

  • 12 yanvar, 02:12
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real Madrid" sharafini himoya qilayotgan Vinisius Junior Saudiya Arabistoni chempionatiga ko‘chib o‘tishi mumkinligi haqida mish-mishlar chiqa boshladi. Mazkur transfer haqida Saudiya Pro-ligasi raxbari Umar Mugarbel o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Tecno

“Bizda turli xil darajadagi klublar bor. Bu transfer dunyoning barcha ligalarida sodir bo‘lishi mumkin. Bizning chempionatimizga Vinisiusdek yulduz o‘yinchilarni jalb qila oladigan jamoalar ham etarlicha topiladi. Bugun klublarimizda iqtidorli futbolchilarni olib kelish uchun barcha zarur narsalar mavjud. Braziliyalik hujumchi bilan nima bo‘lishini esa vaqt ko‘rsatadi" - dedi Mugarbel "AS" nashriga bergan intervyusida. 

Ma’lumot o‘rnida, 24 yoshli vingerning "qirollik klubi" bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning 30 iyunida o‘z nihoyasiga etadi. Uning Transfermarkt portalidagi narxi 200 million evro deb baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!