Saudiya klubi portugaliyalik yosh yulduzni qo‘lga kiritmoqchi

  • 26.08.2025 16:39
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Saudiya Arabistonining "Al-Ittihod" klubi Portugaliyaning "Portu" klubi 18 yoshli futbolchisi Rodrigo Morani o‘z safiga qo‘shib olish harakatlarini to‘xtatmayapti. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, "Portu" saudiyaliklarning 63 million evro + ushbu summaning 10 foizini bonus sifatidagi taklifini rad etgan. "Ajdarlar" futbolchining shartnomasida tovon puli sifatida ko‘rsatilgan 70 million evroni talab qilmoqda. "Al-Ittihod" hozircha keyingi harakatlar haqida o‘ylamoqda.

Yosh Mora o‘tgan mavsumda Portugaliya terma jamoasi safida barcha o‘yinlarni zaxirada o‘tkazib, UEFA Millatlar ligasi g‘olibiga aylangandi. Klubdagi faoliyatiga kelsak, u 36 ta o‘yinda maydonga tushib, 11 ta gol urgan va 4 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Avvalroq, "Portu" "Al-Ittihod"ning 50 millionlik taklifini qabul qilmagan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!