Saudiya klublari MYu futbolchisiga katta maosh to‘lashga tayyor

  • 06.09.2025 16:58
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol

"Manchester Yunayted" markaziy himoyachisi Xarri Maguayrga "An-Nasr" va "Al-Ahli" klublari qiziqish bildirmoqda. Saudiyaliklar 32 yoshli futbolchiga yiliga 15 mln evro atrofida maosh taklif qilishga tayyor. Bu haqda Caught Offside xabar bermoqda.

Maguayr "Manchester Yunayted" safida 2019 yilning yozidan buyon to‘p surib kelmoqda. Ushbu davr mobaynida himoyachi barcha musobaqalarda 249 ta o‘yinda maydonga tushib, 16 ta gol va 8 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portalida keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor narxi 13 mln evroni tashkil etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!