Saudiya klublarining "Real" etakchilariga bo‘lgan qiziqishi to‘xtamayapti. Ammo...

  • 18 avgust, 2024, 12:23
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Saudiya Arabistoni klublari "Real" Madridning bir qator etakchi futbolchilariga qiziqish bildirmoqda. Yaqinda OAVda Vinisius Juniorning ketishi mumkinligi va uning uchun Saudiya klubi 1 milliard evro to‘lashga tayyor ekanligi haqida mish-mishlar tarqaldi.

Tecno

Shuningdek, nomi oshkor etilmagan Saudiya klublarining qiziqishlari ro‘yxatida Eder Militao ham bor. Nufuzli insayder Fabritsio Romanoning so‘zlariga ko‘ra, bu ma’lumotlar asosga ega – “qirollik klubi” yulduzlariga Saudiya Arabistonida haqiqatan ham talab katta.

Biroq, ular yaqin kelajakda “Real”dan kimnidir o‘ziga jalb qilishi juda qiyin bo‘ladi, chunki madridliklar rahbariyati asosiy o‘yinchilardan birortasini ham qo‘yib yuborish niyatida emas. Joriy transfer oynasida hech bir yulduzga Madrid grandini tark etishiga ruxsat berilmaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!