Saudiya Superkubogi. "Al-Hilol" finalda "An-Nassr"ni tor-mor etdi

  • 17 avgust, 2024, 23:17
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Biroz avval Saudiya Superkubogining final bahsi o‘z yakuniga etdi.  Ushbu bellashuvda "Al-Hilol" klubi Ronaldu boshchiligidagi "An-Nassr"ga qarshi kurash olib bordi.

Tecno

Dastavval, o‘yinning 44-daqiqasida Krishtianu raqib darvozasini ishg‘ol etgan holda, jamoasining tanaffusga g‘alaba bilan chiqib ketishini ta’minladi. 

Biroq ikkinchi bo‘limning dastlabki 10 daqiqasi ichida, ya’ni 55-daqiqada urilgan Savichning goli "Al-Hilol" futbolchilari joniga oro kirdi. Shundan so‘ng jamoa ketma-ket uchta gol urdi - Mitrovich 64 , 69 ; Malkom 72.

Shu tariqa, Arab "El-klasiko"sida "Al-Hilol" yirik hisobdagi g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!