Saudiya Superkubogi. Ronaldu to‘liq o‘ynagan, Masharipov esa zaxiradan maydonga tushgan bahsda "An-Nasr" mag‘lub bo‘ldi

  • 27 yanvar, 2023, 01:08
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Saudiya Arabistoni Superkubogi yarim finalidan o‘rin olgan "Al-Ittihod" - "An-Nasr" bahsi yakunlandi. Unda mezbonlar 3:1 hisobida raqibdan ustun keldi. 

Dastlab, 15-daqiqada Romarino hisobni ochdi. 43-daqiqada Hamidulloh farqni ikkitaga etkazib qo‘ydi. 67-daqiqada Taliska hisobni qisqartirdi. Uchrashuv yakuniga yaqin Shankiti gol urib, jamoasining g‘alabasini ta’minladi. 

Shu tariqa, "An-Nasr" final yo‘llanmasidan quruq qoldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!