Saudiyalik hakamni so‘kkan Meksika murabbiyi 6 o‘yinga diskvalifikatsiya qilindi

  • 7 iyul, 2017, 20:18
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Meksika terma jamoasi bosh murabbiyi Osorio Rossiyada o‘tgan KK-2017 turniri 3-o‘rini  uchun Portugaliyaga qarshi kechgan bahsda hakamlarga nisbatan agressiv harakati uchun diskvalifikatsiyaga uchradi.

Tecno

Saudiyalik Faxad al-Mirdasi boshliq hakamlar brigadasi boshqargan ushbu o‘yinda meksikalik murabbiy hakamlar sha’niga nomaqbul so‘zlar aytib, ularni haqorat qilgan edi.

FIFA Osorioni 5 ming shveysariya franki miqdorida jarimaga tortdi va 6 ta o‘yin(rasmiy o‘yin nazarda tutilgan)ga diskvalifikatsiya qildi.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!