Saul Alvares bo‘lajak janglar uchun nega katta pul so‘ramoqda?

  • 7 avgust, 2024, 14:48
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
TIGGO 2 PRO

Beshta vazn toifasida jahon chempioni Saul “Kanelo” Alvares ko‘plab boks muxlislarini qiziqtirgan Terens Krouford va Devid Benavidesga qarshi janglar uchun nima uchun katta mablag‘ talab qilayotganini tushuntirdi.

"Meni noto‘g‘ri tushunmang, Krouford ajoyib jangchi, lekin men uchun u oson raqib bo‘ladi, ya’niki oson pul. Ammo bilasizmi, men Krouford kabi bokschilar bilan kurashishni yoqtirmayman, u juda ko‘p harakat qiladi,  jang uslubi ham qiziqarli emas...Lekin agar Turki Al ash-Shayx haqiqatan ham menga kerakli gonararni taklif qilsa, men ringga chiqishga tayyorman. Devid Benavidesga kelsak, u bilan jang uchun kamida ikki yuz million dollar olishni istayman, chunki u juda xavfli raqib. Jang kuni ham mendan 25 kilogramm og‘irroq bo‘ladi. Ammo yaxshigina pullar evaziga men uni erta mag‘lub etishim mumkin", – dedi Alvares.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!