
Saul Alvares super chempion bilan jang qiladi
Super o‘rta vazn toifasida WBA Regular chempioni Saul Alvares va super chempion Kallum Smit o‘zaro jang bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu borada ESPN muxbiri Stiv Kim xabar bermoqda. Jang, katta ehtimol bilan 18 yoki 19 dekabrda Texas shtati AT&T Stadium majmuasida o‘tkazilishi ko‘zda tutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Saul Alvares yanqindagina "Golden Boy" va DAZN kanali bilan shartnomani bekor qilib, erkin agentga aylangan edi. Uning navbatdagi jangi esa, "Matchroom" kompaniyasi tomonidan tashkil etilishi rejalashtirilgan.
Fikrlar