Saul "Kanelo" Alvaresning raqibi o‘zbekistonlik boks muxlislariga murojaat qildi (Video)

  • 7 fevral, 2021, 10:36
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Hozirgi kunda professional boks olamining birinchi raqamli yulduzi shubhasiz, meksikalik Saul Advares hisoblanadi. Bunga vazn toifasidan qa’tiy nazar eng sara bokschilar reytiningini boshqarayotgani ham isbot bo‘la oladi.

Mazkur charmqo‘lqop ustasi navbatdagi jangini 27 fevral kuni o‘tkazadi. Uning raqibi WBC yo‘nalishida da’vogar bo‘lib turgan turkiyalik Avni Yildirim bo‘ladi. Ular o‘rtasidagi to‘qnashuvga WBC hamda WBA chempionlik kamarlari tikilgan.

Biz ushbu jang ishtirokchilaridan biri Avni Yildirim bilan bog‘lanib, undan jang avvalidagi fikrlari bilan qiziqdik. U esa jangdan keyin Sports.uz saytiga batafsil intervyu berishini ma’lum qildi. Shunday bo‘lsa-da, u yurtdoshlarimizga xurmati yuqori ekanligini va jangda unga muxlislik qiluvchilarga duoda bo‘linglar, deya murojaat qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!