
"Sautgempton" "Real", "Atletiko" va MYu ko‘zlagan futbolchini sotib oldi
"Valyadolid" klubi himoyachisi Muhammad Salisu "Sautgempton" futbolchisiga aylandi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaning xabar berishicha, 21 yoshli afrikalik futbolchi yangi jamoasi bilan 2024 yilga qadar shartnoma imzolagan. Uning transferi esa APL kubiga 12 million evroga tushgan.
Aytish kerakki, Salisu uchun "Atletiko", "Manchester Yunayted" va "Real" ham da’vogarlik qilayotgan edi. U o‘tgan mavsum “Valyadolid” safida 32 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol hamda 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikrlar