
Sautgeyt: «Bu biz uchun eng qiyin sinov bo‘ladi»
Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi JCh-2022 1/4 finali doirasidagi Frantsiyaga qarshi bo‘lajak o‘yin haqida gapirdi.
«Agar Frantsiya haqida gapiradigan bo‘lsak, bu biz uchun eng qiyin sinov bo‘ladi. Ular jahon chempionlaridir, ularda ajoyib iste’dodlar tanlovi bor va ajoyib o‘yinchilardan tarkib topgan kuchli tarkib mujassam.
Ularga qarshi o‘ynash va gol urish juda qiyin, shuning uchun bu katta sinov bo‘ladi. Biroq bunga tayyorgarlik ko‘rish uchun hali vaqtimiz etarli», - deydi mutaxassis.
Fikrlar