Savich yana A Seriyaga qaytishi mumkin

  • 26.04.2019 23:27
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Madridning "Atletiko" klubi himoyachisi Stefan Savich mavsumlar oralig‘ida jamoasini o‘zgartirishi mumkin. Bu haqda Goal nashri xabar tarqatmoqda.

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra 28 yoshli chernogoriyalik futbolchiga "Yuventus" klubidan jiddiy qiziqishlar paydo bo‘la boshlagan. Turinliklar ushbu futbolchining transferi uchun 25 mln evrodan voz kechishga tayyor.

Ta’kidlash kerakki, Savich uchun Italiya A Seriyasi begona emas. Boisi, u 2012-2015 yillarda “Fiorentina” safida to‘p surgan. Shundan so‘ng esa “Atletiko” safiga ko‘chib o‘tgan.

Ma’lumot uchun, Savich joriy mavsum “matraschilar” safida 20ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 2ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2020 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!